“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnikni tanimasligi haqida gapirdi.
“Rangnik kim? Men hatto uning kimligini ham bilmayman”, — deydi Ibragimovich.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rangnik keyingi mavsumdan boshlab “Milan”da bir yo‘la ikki lavozim — jamoa bosh murabbiyi va klub texnik direktor sifatida ish boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Ralf Rangnik “Shtutgart”, “Hannover”, “Shalke-04”, “Hoffenhaym”, “Leypsig” va boshqa bir qator jamoalarda ishlagan.
“Milan” 31-turdan keyin 49 ochko to‘plagan holda, Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)