UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov dafn etilgan Kirovaul qishlog‘i (Dog‘iston) aholisi hudud nomini Manapga o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: UFC

Ta’kidlanishicha, Qizilyurt tumani hokimi Magomed Shabanov Kirovaul qishlog‘i aholisining iltimosiga binoan, Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga qishloq nomini o‘zgartirish to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazgan.

Muhokamada Kirovaul qishlog‘i oqsoqoli Ilyos Xaziyev, tuman deputatlar korpusi, qishloqning yoshi katta vakillari, shuningdek, tuman sportchilari ishtirok etgan.

Magomed Shabanovning so‘zlariga ko‘ra, Kirovaul qishlog‘ini Manap deb nomlash to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar ro‘yxati tayyorlanib, tasdiqlash uchun hukumat va Dog‘iston Xalq yig‘ilishiga yuboriladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul kuni 57 yoshida yurak va miya insultidan so‘ng vafot etgandi.

Mavzuga doir: