Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Kormye yengil vazn divizioni chempioni Habib Nurmagomedovning holati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Instagram

“Habib bilan chorshanba kuni, otasining o‘limidan ikki kun avval gaplashgandim. O‘sha vaqtda unga juda og‘ir edi. Mashg‘ulotlar uni biroz chalg‘itardi va u o‘zini yaxshi his qilardi. Biroq bunday sharoitda chempion uchun jang qilish juda og‘ir.

Endi nima bo‘lishi bilmayman. Rostdan ham bilmayman. Abdulmanap Habib hayotida ulkan o‘rin egallardi. Habib otasisiz nimalarga qodir ekani menga noma’lum. Otasisiz nima qilishini tasavvur ham qila olmayman”, — deydi Kormye.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul kuni 57 yoshida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi.