Mashhur gollivud aktyori va jang san’ati ustasi Jan-Klod van Damm UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov o‘limi yuzasidan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Foto: Instagram

“Aka, sen bilan hayotda uchrashmaganman, biroq har doim munosib hayot yo‘lingni hurmat qilganman! Narigi dunyoga sayohating vaqtida sen uchun duodaman. Alloh ruhingni shod qilsin. Omin.

Habib Nurmagomedov, uning oilasi va UFC olamiga hamdardlik bildirib qolaman”, — deya yozadi aktyor Instagram’da.

Abdulmanap Nurmagomedov 2020-yilning aprelida pnevmoniya tashxisi bilan Maxachqal’adagi shifoxonaga yotqizilgandi. Keyinchalik Nurmagomedov Moskvadagi kasalxonaga ko‘chirildi va unda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Infeksiya ortda qolgan bo‘lsa-da, mutaxassis koma holatidan chiqmadi va 3-iyul kuni 57 yoshida vafot etdi.