O‘zbekistonda 10-iyuldan karantin talablari yana kuchaytirildi, xususan, hududlararo qatnovlar yana to‘xtatildi. Shu sababli 9-iyul oqshomida Toshkent shahridan chiqish postlarida katta tirbandliklar yuzaga kelgani haqida avval xabar berilgan edi.

Xuddi shunday katta tirbandliklar 10-iyulga o‘tar kechasi Qamchiq dovonida ham kuzatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan videoxabarlarda bunday tirbandliklar 10-iyul tongida ham tarqab ulgurmaganini ma’lum qilingan.

“Bu, ehtimol, Qamchiq dovoni tarixidagi eng katta tirbandlik bo‘lsa kerak”, — deb munosabat bildirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari.