YouTube’dagi “Russkaya Jimxana” kanali videoblogerlari 2019-yildan buyon avtomobilda orqamacha salto otishga urinib keladi. Bu safar ham salto uchun maxsus qurilgan “rampa” va qayta ishlangan “Zaporojets”dan foydalanildi.
Mart oyida omadsiz urinish amalga oshirilgan edi va shundan so‘ng avtomobil ta’mirlashga yuborilgan. Natijada ushbu tryukni bajarish yoz fasliga qolib ketgan.
Navbatdagi urinishda blogerlar avtomobil yordamida to‘liq saltoni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan va mashina to‘rt g‘ildirak bilan yerga “qo‘ngan”. Ta’kidlanishicha, bu Rossiyada avtomobil yordamida bajarilgan birinchi salto hisoblanadi.
Bunda avtomobil aylanishi uchun kerakli tezlikni berish maqsadida qurilgan maxsus “rampa” muhim rol o‘ynagan. U nafaqat avtomobilning yuqoriga chiqishiga yordam bergan, balki old qismining orqasiga nisbatan aylanishiga xizmat qilgan.
Videorolik orqali omadsiz urinishlar va muvaffaqiyatli amalga oshirilgan saltoni turli rakurslardan tomosha qilish mumkin.
Izoh (0)