Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 31-turida “Inter” 9-iyul, payshanba kuni “Verona” uyiga safar qildi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq maydon egalari Darko Lazovichning golidan so‘ng oldinga o‘tib oldi. Bunga milanliklar ikkinchi bo‘lim debyutidagi ikkita gol bilan javob qaytardi. Har ikki golga Antonio Kandreva mualliflik qildi. O‘yin yakunlanishi arafasida Migel Velozu maydon egalarining ikkinchi golini urib, hisobni tenglashtirdi.

Milanliklar (65) navbatdagi ochko yo‘qotishdan so‘ng 4-o‘ringa tushib ketdi. “Verona” (43) esa 9-pog‘onada qoldi.

A Seriya

31-tur bahsi

9-iyul, payshanba

“Verona” — “Inter” 2:2

Gollar: 1:0 – 2 Lazovich, 1:1 – 49 Kandreva, 1:2 – 55, avtogol Dimarko, 2:2 – 86 Velozu.

“Verona”: Silvestri, Faraoni, Kumbula (Alan Emperor, 84), Gyunter, Dimarko (Ajapong, 66), Lazovich (Verre, 84), Amrabat, Pessina, Velozu, Rrahmani, Stempinski (Di Karmine, 54).

“Inter”: Handanovich, de Vrey, Godin, Shkrinyar, Yang, Kandreva, Brozovich (Vesino, 70), Valero (Eriksen, 88), Galyardini, Sanches, Lukaku (Martines, 77).

Ogohlantirishlar: Dimarko (29), Gyunter (37), Valero (45), Amrabat (45), Yang (65).

31-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Foto: A Seriya

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!