“Real” va “Manchester Siti” sobiq ustozi Manuel Pellegrini “Betis” bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.
66 yoshli chililik mutaxassis “Betis”da 2020/21-yilgi mavsumdan ishga kirishadi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2023-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Pellegrini “River Pleyt”, “Vilyarreal”, “Malaga”, “Hebay Chayna Forchun” va “Vest Hem” klublarida ham ishlagan. Mutaxassis “River Pleyt” boshqaruvida Argentina chempionligini qo‘lga kiritgan (2003-yil), “Manchester Siti” bilan esa Premyer Liga g‘olibi bo‘lgan (2013/14-yilgi mavsum).
“Betis” iyun oyida jamoa bosh murabbiyi Rubini iste’foga chiqargandi. Hozirda jamoa La Liga 35-turidan so‘ng 41 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)