Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri A Seriyaning 31-turida “Milan”ga qarshi uchrashuvdan (2:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Dastlabki 60 daqiqada yaxshi o‘yin ko‘rsatdik deb o‘ylayman. Biz o‘yinni to‘liq nazorat qilayotgandik. Shundan so‘ng nimadir sodir bo‘ldi. Buni ortiqcha o‘ylashdan ma’no yo‘q, chunki uch kundan keyin navbatdagi o‘yinni o‘tkazamiz.

15 daqiqada to‘laligicha o‘zimizni yo‘qotib qo‘ydik. Shunga o‘xshash holatlarni boshqa jamoalarda ham ko‘rganman. Biz bu o‘yindan faqat ijobiy tomonlarni ko‘rishimiz kerak. Bu kabi tushunarsiz holatlarga izoh berish imkonsiz.

Bizda yomon o‘yinlar bo‘lgan va o‘sha uchrashuvlarda imkoniyatni boy berib qo‘yganmiz, ammo hozir hammasi boshqacha. Bugun yaxshi o‘yin namoyish etdik. Bunday tushunarsiz holatlarni juda ko‘p jamoalarda ko‘rdim, chunki bunday ob-havo va taqvimda o‘ynash juda qiyin.

Bor e’tiborimizni keyingi o‘yinga qaratishimiz kerak. Bu jamoa o‘zining imkoniyatlari bilan ajoyib futbol ko‘rsatishga qodir va biz buni rivojlantirishimiz kerak”, — deydi Sarri.

31-turdan keyin Turin klubi 75 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. “Milan” esa 49 ochko jamg‘argan holda, 5-o‘rinda bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi