Shimoliy Makedoniyaning “Rabotnichki” klubi hujumchisi David Toshevski faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan bo‘ldi.
“RB-Sport” xabariga ko‘ra, uni “Rostov” klubi sotib oladi. “Rostov” 18 yoshli makedoniyalik futbolchini kelasi mavsumda asosiy tarkibga kiritishiga ishontirgani ta’kidlanmoqda.
“Rostov” Toshevski uchun 1 million yevro sarflagan va 5 yil muddatga shartnoma imzolaydi. Qayd etish joiz, unga “Lill”, “Jenoa”, “Anderlext”, “Monako” va “Inter” klublari ham qiziqish bildirgandi.
O‘tgan mavsumda Toshevski “Rabotnichki” safida 21 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urgan va 3 golga assistentlik qilgan. Shuningdek, u Shimoliy Makedoniya yoshlar jamoasida ham bir nechta o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, “Rostov”ning ayni damdagi asosiy hujumchisi o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)