Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor-W” hamda “Lokomotiv-W” jamoalari o‘rtasidagi 9-iyul kuniga belgilangan uchrashuv noma’lum muddatga qoldirildi.
Bunga sabab “Lokomotiv-W” istiqomat qilayotgan Toshkentdagi “Lokomotiv” mehmonxonasida koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilingan fuqaro (klubga aloqador emas) aniqlangan. Natijada mehmonxonada istiqomat qilayotganlarning barchasi infeksiyaga test topshirgan.
Professional futbol Ligasining (PFL) ma’lum qilishicha, mazkur tahlillar javobi chiqmagunga qadar “Lokomotiv-W” ishtirokidagi o‘yinlar o‘tkazilmaydi.
“Lokomotiv-W”ning “Bunyodkor-W”ga qarshi o‘yini qachon bo‘lib o‘tishi keyinroq ma’lum qilinadi.
Mavzuga doir: 10-iyuldan joriy etiladigan karantin cheklovlari Superliga o‘yinlariga ta’sir qiladimi?
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)