PSJ hujumchisi Kilian Mbappe hamon “Real”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.
PSJ klubning asosiy yulduzlaridan birini sotishga rozi bo‘lmasligi tabiiy, shu bois “Qirollik klubi” 21 yoshli futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi, deya xabar beradi El Chiringuito TV.
Manbaga ko‘ra, “Real” Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi (2022-yil) tugashini kutadi va agar futbolchi Madridga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lsa, unga bonus sifatida 100 million yevro to‘laydi.
Mavzuga doir:
2019/2020-yilgi mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!