Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons 4-iyul kuni AQSh mustaqilligi kuni nishonlanayotgan vaqtda bir insonni qutqarib qolganini ma’lum qildi.
“Bog‘ning o‘rtasida yotgan bir odamni ko‘rib qoldik. U suvsizlikdan qattiq aziyat chekayotgandi. Biz bu odamning hayotini saqlab qolganimizga chin dildan ishonamiz”, — deya yozib qoldirgan Jons Twitter’dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Jon Jons professional faoliyati davomida 28 jang o‘tkazib, shularning 26 tasida g‘alaba qozongan. 1 bor imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, uning ishtirokidagi yana 1 ta jang natijasi bekor qilgan.