Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Xorxe Masvidal Kamaru Usmon bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men har qachongidan ham baxtliman. Uning yuzini bejash uchun u yerga (Abu-Dabiga) jo‘nab ketyapman va buning uchun menga pul ham to‘lashadi.
Mashg‘ulotlarni to‘xtatmadim. Qanday formadaman? Ben Askrenga qarshi jang qilmagan bo‘lardim, chunki u aqlbovar qilmas jangchi. Ehtimol, Darren Till bilan ham jang qilmasdim. Ammo bu to‘nkani (Kamaru Usmon — tahr.) bemalol mag‘lub eta olaman.
G‘alabam shiddatli bo‘ladi. U zo‘rg‘a nafas oladi, men esa qo‘limni boshim uzra baland ko‘taraman. Uni butun dunyo ko‘z oldida yanchib tashlayman. Bu — shafqatsiz bo‘ladi”, — deydi Masvidal.
Eslatib o‘tamiz, Xorxe Masvidal va Usmon Kamaru jangi Abu-Dabidagi UFС 251 musobaqasida Toshkent vaqti bilan 12-iyul kuni tongda bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!