Qozog‘iston va O‘zbekistondan yurtiga qaytgan Tojikistonning 70 nafar fuqarosida koronavirus aniqlandi, deya xabar beradi Asia-Plus.
Ularning barchasi qattiq nazorat ostida bo‘lgan Sug‘d viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.
Viloyat sog‘liqni saqlash sohasidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Sug‘d klinik shifoxonasida 92 nafar koronavirusga chalingan bemor davolanmoqda.
Ularning 70 nafari, asosan, Xatlon viloyati aholisi va 22 nafari Sug‘d aholisi. Shuningdek, Bo‘ston viloyatida istiqomat qiluvchi ikki nafar bemorning ahvoli og‘irligi bois ular reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3-iyul kuni koronavirus pandemiyasi sabab qo‘llanilgan cheklovlar ortidan “Jibek yo‘li” qozoq-o‘zbek chegara postida qolib ketgan 776 Tojikiston fuqarosi, shu jumladan, 40 dan oshiq bolalar vatanlariga qaytarilgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT), YuNISEF va Tojikiston hukumati birgalikda Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida bo‘lgan tojikistonlik muhojirlarni qaytarishda birgalikda harakat qilgani ma’lum qilingan.