Donesk xalq respublikasi (“DXR”) birinchi bosh vaziri, “Donbass ko‘ngillilari ittifoqi” rahbari Aleksandr Boroday Sankt-Peterburgdagi “Rodina” Rossiya partiyasi syezdi vaqtida yaqin orada “DXR” va Lugansk xalq respublikasi (“LXR”)ning Rossiya tarkibiga kirishi haqida gapirgan. Bu haqda “RBK” xabar qildi.
“Yaqin vaqt ichida Donbass Rossiyaning faqat qog‘ozdagi hududiy qismi emas, balki amaldagi ajralmas bo‘lagiga aylanadi”, — degan u (“Strana.ua” nashri keltirgan iqtibos).
Shuningdek, Boroday Rossiyada o‘tkazilgan konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ovoz berish jarayoniga ham munosabat bildirib, unda “DXR” va “LXR”dagi Rossiya pasportiga ega fuqarolar ishtirok etganini alohida ta’kidlagan.
“Albatta, oldinga qadam tashlayapmiz, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishi ham muhim qadam”, — deydi sobiq bosh vazir.
Iyun o‘rtalarida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Donbass bo‘yicha Minsk kelishuvlari amalda ekani, biroq faqat xorij kafolatlari asosida ishlayotganini bildirgan. Ukraina TIV rahbarining aytishicha, Kiyev “hujum diplomatiyasi” uslublaridan foydalanmoqda, doimiy ravishda kun tartibidagi masalani ko‘tarib, Rossiyani javob qaytarishga majbur qilmoqda.
“Bu bizning fikrimizcha, Rossiyani konstruktiv muloqotga borishga majbur qiladigan yagona yo‘l, shu sababli ikkinchi tomon ham izolyatsiyada o‘tirmaydi. Ukraina konstruktiv emas va Minsk bitimiga rioya etmayapti deya olmaydi, bu bizning harakatlarimizdan keyin g‘alati ko‘rinadi”, — degan vazir.
Shuningdek, Kuleba Rossiya bilan muzokaralardagi asosiy masalalardan yana biri — Donetsk va Lugansk viloyatlarining qaysi qismi Ukraina tarkibiga qaytarilishi?
4-iyulda Ukraina prezident Vladimir Zelenskiy Moskvaning Kiyevdan 6-iyulgacha Donbassning alohida maqomi haqidagi qonunni taqdim etishni so‘ragani haqidagi savolga javoban, Ukrainaning mustaqil davlat ekani, xalqaro maydonda undan hech kim hech narsani talab qila olmasligini bildirgan.
“Menimcha, bunda hamma o‘zi gapirayotgan jumlalariga e’tiborli bo‘lishi lozim”, — degan Zelenskiy.
Mavzuga doir: Ukraina fuqarolari Zelenskiy prezidentligining birinchi yili qanday o‘tganiga baho berdi