Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liganing 34-turi doirasida “Atletik”ga qarshi kechgan bahsda (1:0) o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.
Bu belgiyalik darvozabon uchun Ispaniya chempionatining joriy mavsumidagi 17-“quruq” o‘yin bo‘ldi.
“Real” safida oxirgi marta bunday natijani 1994/95-yilgi mavsumda Fransisko Buyo qayd etgan.
Kurtua 2018-yilning yozidan beri “Real” sharafini qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda u Ispaniya chempionatida 31 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan.
Mavzuga doir: Tibo Kurtua Madriddan futbol klubi sotib oldi
Izoh (0)