“Manchester Siti” Angliya chempionatining 33-tur uchrashuvida “Sauthempton”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1).
Bu “shaharliklar” uchun mehmonda qabul qilingan ketma-ket uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Bundan avval klub safarda o‘tkazilgan “Chelsi” (1:2) va “Manchester Yunayted” (0:2) klublariga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgandi.
Shu tariqa Manchester klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyati davomida ilk bor ketma-ket uchta safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi.
U Angliya (“Manchester Siti”), Ispaniya (“Barselona”) va Germaniya (“Bavariya”) chempionatlarida jami 201 ta safar uchrashuvini o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Gvardiola ingliz klubini 2016-yildan beri boshqarib keladi. Jamoa uning qo‘l ostida ikki bor (2017/18, 2018/19) Premyer Ligada g‘olib chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)