“Barselona” Ispaniya La Ligasining 34-turida “Vilyarreal”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Ko‘k-anorranglilar”ning 4-goli hujumkor yarim himoyachi Ansu Fati tomonidan kiritildi. Ushbu gol Kataloniya klubi tarixidagi 9000-gol bo‘ldi. 17 yoshli Fati esa o‘zining Ispaniya chempionatidagi 6-golini urdi.
Ma’lumot uchun, Fati 2019-yilning 25-avgust sanasida “Barselona” safida debyut qilgan. U umumiy hisobda La Ligada 21 o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Barselona” 34-turdan keyin 73 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa birinchi pog‘onadagi “Real”dan 4 ochkoga orqada qolmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)