Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov promoushendagi debyut jangini bekor qildi.
Rossiyalik yakkakurashchi 26-iyulda Nataniel Vudga qarshi jang qilishi kerak edi.
“Biz yangi raqibni kutyapmiz”, — deya ma’lum qildi Vudning jamoasi.
Eslatib o‘tamiz, sportchining amakisi Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul kuni koronavirus alomatlari oqibatida vafot etdi. Shu sabab Umar UFC’dagi debyut jangini kechiktirishga qaror qilgani aytilmoqda.
Qayd etish joiz, Umar Nurmagomedovning UFC’dagi debyuti ikkinchi marta bekor qilindi. Avvalroq jangchi koronavirus sabab UFC 249 musobaqasida ishtirok eta olmagandi.
Izoh (0)