Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 34-turida “Barselona” 5-iyul, yakshanba kuni “Vilyarreal” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvni katalonlar tezkor gol bilan boshladi, 3-daqiqada qanotdan uzatilgan to‘pni mezbonlar himoyachisi o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. 14-daqiqada Xerar Moreno muvozanatni tiklashga erishdi.

Oradan ko‘p o‘tmay Luis Suares Lionel Messining uzatmasidan so‘ng chiroyli gol muallifiga aylandi. Bo‘lim yakunida Antuan Grizmann jarima maydoni tashqarisidan zargarona zarba yo‘llab, jamoasining uchinchi golini urdi. Unga ham to‘pni Messi tashlab berdi. 87-daqiqada Ansumane Fati bahsga nuqta qo‘ygan golni urdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Barselona” ochkolarini 73 taga yetkazib oldi va peshqadam “Real”dan to‘rt ochko ortda qolmoqda. “Vilyarreal” (54) 5-pog‘onada qoldi.

La Liga

34-tur bahsi

5-iyul, yakshanba

“Vilyarreal” — “Barselona” 1:4

Gollar: 0:1 – 3, avtogol Pau Torres, 1:1 – 14 Jerar Moreno, 1:2 – 20 Suares, 1:3 – 45 Grizmann, 1:4 – 86 Fati.

“Vilyarreal”: Asenxo, Alberto Moreno, Albiol, Mario Gaspar, Pau Torres, Kasorla (Trigeros, 56), Iborra (Soriano, 46), Zambo-Angissa, Chukvueze, Pako Alkaser (Bakka, 36; Ninyo, 70), Xerar Moreno (Moyses Gomes, 46).

“Barselona”: ter Shtegen, Semedu (Rakitich, 60), Pike (Arauxo, 82), Langle, Serxi Roberto, Vidal, Buskets (Breytueyt, 73), Alba, Messi, Grizmann (Fati, 72), Suares (Puch, 60).

Ogohlantirish: Pau Torres (17).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!