O‘zbekistonda 2020-yilning Ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra ishsizlik darajasi 15 foizgacha ko‘tarildi, deya baholanmoqda. Bu esa 2,3 million ishsiz demakdir. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
O‘zbekistonda ishsizlik 2020-yilning birinchi choragida 9,4 foizni yoki 1,399 million kishini tashkil qilgandi.
Xabar berilishicha, hozirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirusning mehnat bozoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida tadqiqotlar olib bormoqda.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish uchun ishsiz aholini tadbirkorlikka o‘qitish kurslari tashkil etiladi
Avvalroq bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni qariyb 2 million kishiga yetganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)