Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i e’lon qilindi. Unga ko‘ra, IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i hamda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i tayinlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Polkovnik Alisher Abdullayev IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar IIV Akademiyasi boshlig‘ining moliya va moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Alisher Abdullayev.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Podpolkovnik Fayzulla Ortiqboyev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ortiqboyev ushbu lavozimni egallashidan avval IIV Kadrlar bosh boshqarmasi kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Fayzulla Ortiqboyev.

Foto: Ichki ishlar vazirligi