• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni 274 kishida koronavirus aniqlandi. Buxoro va Jizzaxda ilk o‘lim holatlari qayd etildi

    O‘zbekistonda 28-iyun soat 23:30 dan 29-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 274 ta holat qayd etildi. Ketma-ket yettinchi kun kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda. Bir kun ichida 274 kishida kasallik aniqlanishi rekorddan keyingi ikkinchi natija hisoblanadi.  25-iyun kuni 276 kishida kasallik aniqlangandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 8222 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 244 nafari karantin muassasalarida;
    • 30 nafari aholi orasida (Toshkent shahrida — 20 nafar, Buxoro viloyatida — 6 nafar, Jizzax viloyatida — 4 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 4 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 3 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Iyun oyida birinchi marta xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida koronavirus aniqlanmadi.

    Toshkent shahrida 43 ta yangi holat qayd etildi. Ulardan 23 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida, 20 tasi aholi orasida aniqlandi. Aholi orasida kasallik aniqlanishi bo‘yicha Toshkent shahri iyun oyida 20-marta yetakchilik qilmoqda. 26-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi tuman va shaharlar epidemiologik toifalari ro‘yxati yangilandi. Unda Toshkent shahri “sariq”ligicha qoldi. Poytaxtdagi 333 ta mahalla “yashil”, 87 ta mahalla “sariq” va 99 ta mahalla “qizil” toifaga kiritildi.

    Buxoro viloyatida 9 ta yangi holat qayd etilib, ulardan 3 tasi karantindagilar orasida, 6 tasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda 2, 5, 10, 12, 14, 15, 16, 17, 21, 26 va 27-iyun kunlari ham yangi kasallanish holatlari qayd etilgan, ushbu kunlar ichida 15-iyundan boshqa barcha kunlarda aholi orasida koronavirus aniqlangan. Buxoroning Vobkent, G‘ijduvon, Jondor va Shofirkon tumanlari “qizil” hudud deb topildi.

    Jizzax viloyatida bir kunda besh kishida koronavirus aniqlandi. Bu ko‘rsatkich viloyat uchun rekord. Chunki Jizzaxda bungacha kasallanganlar soni ham 5 kishini tashkil etayotgandi. Endi bir kun ichida ular soni 2 baravarga ko‘paydi. Yangi kasallanish holatlarining 1 tasi karantindagilar orasida, 4 tasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda Sharof Rashidov tumani “qizil” hudud deb topildi.

    Samarqand viloyatida qayd etilgan ikkala holat ham koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Viloyatda bir kun oldin aholi orasida 4 kishida kasallik qayd etilgandi. Samarqandning Narpay tumani “qizil” hududga aylandi.

    Kasallikdan davolanish

    29-iyun davomida 167 nafar fuqaro sog‘aydi. Ulardan 115 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Buxoro viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida va 7 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalaridan sog‘ayib chiqdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8222 nafar bemordan 5496 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda. Bu iyun oyidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. 5-iyun kuni bu boradagi ko‘rsatkich 81 foizga ham chiqqandi.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunda ularning soni 2000 nafardan oshdi, 28-iyunga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 2500 nafardan ham oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 2702 nafar bemordan 2295 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 407 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Jizzaxda 6, Qoraqalpog‘istonda 10, Namanganda 13, Andijonda 28, Buxoroda 30, Surxondaryoda 34, Samarqandda 39, Navoiyda 46, Xorazmda 60 va Qashqadaryoda 141 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi. Davolanish bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo (28 foiz) va Jizzax (30 foiz) viloyatlariga tegishli.

    Ahvoli og‘ir bemorlar va o‘lim holatlari

    29-iyun kuni bir kun oldingidek koronavirus asoratlaridan ikki kishi vafot etdi. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan M.S. ismli ayol koronavirus infeksiyasida gumonlanib, 21-iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

    U yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi 3-darajasi tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

    Bemor bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

    58 yoshli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu Buxoroda kasallik tufayli qayd etilgan ilk o‘lim holati bo‘ldi.

    Jizzax viloyatida ham koronavirus asoratlaridan birinchi o‘lim yuz berdi. Sharof Rashidov tumanida yashovchi 72 yoshli otaxon Q.R. 2020-yil 20-iyun kuni koronavirusga chalinganlikda gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unda 25-iyun kuni koronavirus aniqlangan. SSVning avvalroq bergan ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, otaxon kasallikni o‘z tumanida o‘tkazilgan tug‘ilgan kunga borganida yuqtirib olgan.

    Bemorga koronavirus infeksiyasining og‘ir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 2-darajasi tashxisi, shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet og‘ir kechishi qo‘shimcha tashxisi ham qo‘yilgan.

    Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan. So‘nggi kunlarda nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan hamda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

    Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

    Jizzaxlik otaxon O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 24-bemor bo‘ldi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2702 nafar bemordan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar soni ham shunchani tashkil etayotgandi. Bir sutka avval esa ahvoli og‘ir bemorlar soni bir nafarga kam edi. Bu orada esa ikki kishining vafot etgani haqida ma’lumot berildi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 40 293 nafar, statsionar karantinda esa 23 485 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 173 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 53 nafarga ko‘paydi. 28-iyundan buyon uy karantinidagi fuqarolar soni birinchi marta 40 mingdan oshdi.

    29.06.2020, 23:45   Izoh (0)   120078
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning umumiy soni 8222 nafarga yetdi

    29.06.2020, 23:39

    Jizzaxda tug‘ilgan kunda koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli otaxon vafot etdi

    29.06.2020, 23:19

    Nukusda karantin choralari kuchaytirilishi kutilmoqda

    29.06.2020, 22:55

    O‘zbekistonda tadbirkorlardan soliqlar bo‘yicha noqonuniy avans undirgan mansabdorlarni jarimaga tortish rejalashtirilmoqda

    29.06.2020, 22:19

    Samarqandda profilaktika inspektori Zarafshon daryosida oqib ketayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    29.06.2020, 22:06

    O‘zbekistonda “yashil” hududga aylangan 6 ta tumanda masjidlar ochildi

    29.06.2020, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasini 71 yoshli turkiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

    Sport | 16 avgust, 14:35

    Zelenskiy 18-avgust kuni Vashingtonda Tramp bilan uchrashadi

    Dunyo | 16 avgust, 14:31

    Amerikalik olimlar fikrni ovozlantirish uchun miya implantini yaratdi

    Dunyo | 16 avgust, 14:14

    Jizzaxda maktabga ishga qabul qilish uchun pora so‘ragan masʼul qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 13:58

    “Manchester Siti” Rodrigo bilan 5 yillik shartnoma tuzmoqchi

    Sport | 16 avgust, 13:35

    Xitoyda 75 yoshli pensioner sun’iy intellektda yaratilgan ayol tufayli xotini bilan ajrashmoqchi bo‘ldi

    Layfstayl | 16 avgust, 13:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.