“Leypsig” hujumchisi Timo Verner Germaniya chempionatining so‘nggi, 34-turidan o‘rin olgan “Augsburg”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) dublga erishdi.
Shu tariqa germaniyalik hujumchi ortda qolgan mavsumda safarda urgan gollari sonini 17 ta yetkazib oldi va 1973/74-yilgi mavsumda Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi sobiq hujumchisi Yupp Haynkes tomonidan o‘rnatilgan Bundesliga rekordini takrorladi.
24 yoshli Verner joriy mavsumda Bundesligada 34 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Qayd etish joiz, Timo Verner yangi mavsumdan boshlab “Chelsi” safida to‘p tepadi.
Izoh (0)