Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Dog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yumshayotgani haqida gapirdi.
“Infeksiyaning cho‘qqisi ortda qoldi. Avj pallasi menda ham sezildi. Otam hali ham xasta yotibdi, ko‘plab qarindoshlarim virusga yo‘liqdi. Ularning ayrimlari endi oramizda yo‘q.
Biroq hozirda vaziyat barqarorlashdi, kasallar kam, hayot asta-sekin avvalgi holiga qaytmoqda. Bu borada hammasi joyiga tushmoqda.
Biroq bir oy avval nafaqat Dog‘iston, balki butun dunyo jiddiy sinovga duch keldi va ko‘rib turganimizdek, bunga hech kim tayyor emas edi. Insoniyat oldinlari bunday muammoga duch kelgan deb o‘ylamayman. Bu haqiqatda global muammo va afsuski, Dog‘iston bunga tayyor emas edi”, — deydi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sportchining otasi pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va keyinchalik Abdulmanap Nurmagomedovda koronavirus borligi aniqlandi. Hozirda mutaxassis infeksiyani yengib o‘tgan, biroq uning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.
Izoh (0)