“Yuventus” hujumchisi Krishtanu Ronaldu Italiya chempionati doirasidagi “Bolonya”ga qarshi kechgan bahsda (2:0) gol urishga erishdi.
Bu hujumchi uchun A Seriyadagi 43-gol bo‘ldi. Shu tariqa Ronaldu “Milan” va “Fiorentina” klublari sobiq futbolchisi Ruy Koshtani (42 ta gol) ortda qoldirgan holda chempionat tarixidagi eng yaxshi portugaliyalik to‘purarga aylandi.
Ronaldu shuningdek, portugaliyalik futbolchilar orasida La Liga (“Real” safida 311 gol) va Premyer Liganing (“Manchester Yunayted” safida 84 gol) ham eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Joriy mavsum 35 yoshli futbolchi A Seriyada 23 o‘yin o‘tkazib, 22 gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)