• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda o‘qituvchilardan noqonuniy pul yig‘gan maktab direktori ishdan olindi

    “Daryo”ga Jomboy tumanidagi 43-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Gulnoz Safarova tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatchining aytishicha, u 2018-yilning noyabr oyida maktab direktoriga o‘rinbosar bo‘lib borgach, direktor vazifasini bajaruvchi Dilfuza Ashurova hamda maktab hisobchisining hujjatlarda qayd etilgan, ammo maktabga kelmaydigan o‘qituvchilarga oylik maosh va mukofot berishi qonunga zidligini bildirgan va shu sabab ishdan bo‘shatilgan.

    Mazkur ariza yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    “To‘rt nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im nogiron — Chernoblda bo‘lgan. Hech qanday nafaqa olmaydi. O‘zim Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini tugatganman. 28 yildan buyon tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman, — deydi Gulnoz Safarova. — 43-maktabga direktor o‘rinbosari bo‘lib kelganimdan so‘ng ish jarayonida o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tanishdim. Besh nafar o‘qituvchining familiyasi bor, ammo o‘zi yo‘q. Men bu o‘qituvchilarni tuman xalq ta’limi bo‘limiga borib tarif va tabeldan o‘chirtirdim. Mening bu ishim maktab direktori D.Ashurova va hisobchiga yoqmadi. Shundan so‘ng hisobchi men olib borgan maosh tabelini qabul qilmay, o‘zimga qaytarib otadigan bo‘ldi.

    Gulnoz Safarova tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan audio va videomateriallariga ko‘ra, 2019-yilning dekabr oyida maktab direktori o‘qituvchilarni yig‘ib, tekshirishga kelgan komissiya uchun pul yig‘ib berishi lozimligini ma’lum qilgan. Direktor o‘qituvchilarga Jomboy tumanida 56 ta maktab borligini, maktablarning katta-kichikligiga qarab qanchadan pul yig‘ib berish belgilab berilganini aytgan.

    “Direktor komissiya uchun pul yig‘ib berishini, kimga qanchadan tushganligini aytdi. O‘qituvchilar esa bermaymiz, deb direktorga qarshi chiqishdi. Direktor va o‘qituvchilar o‘rtasidagi janjalda haqoratli so‘zlar aytildi, — deydi Gulnoz Safarova. — Komissiyaga berilishi kerak bo‘lgan pulni o‘qituvchilar uyidan olib kelib yig‘ib berishdi”.

    Ta’kidlanishicha, 43-maktab Jomboy tuman markazidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, tumanning o‘sha vaqtdagi hokimi Umid Nazarovning tavsiyasiga ko‘ra hokim sektoriga qarashli bo‘lgan maktabni tartibga solish uchun Gulnoz Safarova direktor o‘rinbosari etib tayinlangan.

    “Tuman hokimi maktabni tartibga solib berishim uchun yuborgandi. Maktabni zo‘rg‘a tartibga solgandim. O‘qituvchilar, asosan, oylikdan kun ko‘radi. Shu sababli pul yig‘ishga qarshi bo‘lgandim, o‘quvchilardan ham pul yig‘gani qo‘ymasdim. Shunga meni ishdan chetlatishdi. 12 ta guruhga onlayn dars o‘tayotgan edim. Pandemiya paytida meni sababsiz ishdan olishdi”, — deydi Gulnoz Safarova.

    “Daryo”ga taqdim etilgan audioyozuvlarda maktab direktori o‘qituvchilardan pul yig‘ishga uringanini eshitish mumkin.

    https://youtu.be/brn38oku7ok

    “Har bir o‘qituvchiga o‘zim hisoblab chiqdim. O‘zim ishchi guruh tuzaman. Ishchi guruh pulni yig‘adi. Bir stavka qorovul, yarim stavka farrosh shtati ochganman. Shuning uchun moliyadan qarz bo‘lib turibman. Ularning pulini maktabning ‘oformleniye’si uchun berib yuborganman, yashirmayman. Mana hozir Haydar aka telefon qilyapti pulni yetkaz, deb. Direktor pulni ustida turmaydi-ku”, — deydi Dilfuza Ashurova.

    Audioyozuvda, shuningdek, “Mana shu maktab bo‘lmasa, sizlar qayerdan maosh olasizlar. Hamma maktabdan Hisob palatasiga pul yig‘gan. Necha puldan yig‘ganini xohlagan maktabingizga telefon qilib so‘rang. Baribir yeganmiz, ichganmiz. Yegan og‘iz uyalar, degan gap bor. Soat 16:00 gacha pulni olib borishim kerak. Boshqa maktablar allaqachon olib borib bergan. Mening bo‘ynimga qolmasligi uchun xolisona yig‘asizlar. Pulni shu yerdagi 40 ta xodimga bo‘lasizlar. O‘zim hisoblab ko‘rdim. Hisob palatasiga 40 ming so‘mdan tushyapti, 20 ming so‘mdan maktabning ‘oformleniye’siga. Menga 60 ming so‘mdan to‘laysizlar. Men soat 16:00 gacha joy-joyiga berib kelaman. Haydar akani shu yerga chaqiraman, berib yuborasizlar. Hisob palatasiniki men olib borib beraman. Qisqasi, soat 16:00 gacha vaqt bor”, degan gaplar bor.

    Maktab direktori o‘qituvchilar bilan suhbatida 40 ming so‘mlik to‘lovni maktab qorovuli va farroshi ham berayotganini aytib, qaysi o‘qituvchi mazkur holatga qarshi chiqsa, ishdan bo‘shashini aytgan.

    “O‘qib ber, desalaringiz o‘qib beraman. Shuning uchun hamma o‘zicha tasavvur qilsin. Men umumiy xarajatni 40 ming so‘mdan dedim. Mana bechora qorovul ham beradi o‘sha 40 ming so‘mni. 200 ming oladigan farrosh ham. Bitta o‘qituvchi 800 ming so‘m ustama oladi. Eng kam oylik bir yarim million so‘m. Men Asliddin bilan hisoblab chiqdim. Shuning uchun indamay mening qo‘limga yetkazing. To‘lab tinchgina uxlay, Haydar aka meni bezovta qilmasin. Moliya shtatingni och, deb meni bezovta qilmasin. Hisob palatasi ishini tugatguncha berib kelay. Agar to‘lamayman, ishlamayman, deydiganlar bo‘lsa arizani yozsin-da, ishdan bo‘shasin. Charchadim men. Shartnomani bekor qilib yuboraman. Ishlaganimga ikki yil bo‘lgan bo‘lsa, xarajatdan charchadim”,— deydi maktab direktori.

    Maktab direktori “reviziya”ga xarajat qilganini, bu ishda unga Davron ismli shaxs yordam berganini, tekshiruvni yopish uchun boshqa maktab direktorlariga o‘xshab shtat yozdirib olmayotganini ta’kidlaydi.

    43-maktab direktori Dilfuza Ashurovaning audioda aytgan gaplari asosida jurnalistik surishtiruv o‘tkazgan “Daryo” muxbirining aniqlashtirishicha, Jomboy tumanidagi boshqa maktab direktorlari tomonidan Hisob palatasi uchun o‘qituvchilardan hech qanday pul yig‘ilmagan.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, audioyozuvda 43-maktab direktori Dilfuza Ashurovaning maktab o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishida turli sabablarga ko‘ra o‘qituvchilardan 60 ming so‘mdan pul talab qilgani, talab bajarilmasa, mehnat shartnomasini bekor qilish va ishdan haydash bilan tahdid qilgani, videoda esa Dilfuza Ashurova hamda o‘qituvchilar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro tortishuv holati aks etgan.

    “43-maktab direktori Dilfuza Ashurova maktabda moliyaviy tekshirish o‘tkazilgach, aniqlangan kamomadni o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlagan holda bartaraf qilishni maqsad qilgan, biroq bu o‘qituvchilar o‘rtasida norozilikni keltirib chiqargan va janjalga aylangan. D.Ashurovaning qayd etishicha, o‘qituvchilar uning talabini bajarmagach, kamomadni o‘z oyligidan to‘lashga majbur bo‘lgan, — deydi viloyat XTB axborot xizmati rahbari Abduhoshim Ziyatov. — O‘rganish jarayonida D.Ashurova tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar o‘z tasdig‘ini topgach, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, lavozimidan ozod etildi”.

    Viloyat XTB axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, nohaq ishdan bo‘shatilgani uchun shikoyat qilgan 43-maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Gulnoz Safarova o‘z xohishiga ko‘ra Jomboy tumanidagi 37-umumta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlangan.

    Ammo Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati Gulnoz Safarovaning tushuntirish xati, shuningdek, arizasida keltirilgan boshqa vajlar yuzasidan hech qanday ma’lumot taqdim etmadi.

    Holat yuzasidan olib borilgan jurnalistik surishtiruv davomida respublika Hisob palatasi axborot xizmati bilan bog‘lanib, Jomboy tumanida Hisob palatasi xodimlarining tekshiruvini yopish uchun yig‘ilgan pullar masalasiga munosabat so‘radik.

    “Hisob palatasi faoliyati bo‘yicha berilgan har qanday xabarlarga jiddiy yondashadi. Ushbu audioyozuv chiqqan sanalarda Hisob palatasi Samarqand viloyati Jomboy tumanida tekshiruv o‘tkazmagan. Shuni e’tiborga olib, Hisob palatasi ushbu audioyozuvni tegishli huquq-tartibot idoralariga yubordi. Yakuni bo‘yicha “Daryo”ga xabar beriladi. Shuningdek, kimda Hisob palatasi xodimlariga nisbatan ariza, shikoyat bo‘lsa yoki Hisob palatasi xodimlari tomonidan moddiy yoki nomoddiy talablar qo‘yilgan bo‘lsa, +998712390130 raqamiga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi Hisob palatasi axborot xizmati ma’lumotida.

    20.06.2020, 20:32   Izoh (0)   24755
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

    20.06.2020, 20:11

    O‘zbekistonda dam olish kuni 42 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

    20.06.2020, 19:13

    Toshkentda 19-iyun kuni bir oilaning 6 nafar a’zosida koronavirus aniqlangan. Aholi orasida kasallanish holatlari ko‘paymoqda

    20.06.2020, 18:31

    Toshkentda bitkoin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanib, 3 mln dollar ayirboshlagan shaxs qo‘lga olindi

    20.06.2020, 17:52

    O‘zbekistonda 7 soat ichida 94 kishida koronavirus aniqlandi. Uch hududda aholi orasida koronavirus qayd etildi

    20.06.2020, 17:07

    Buxoroda gazokondensat o‘g‘irlagan 7 kishining ishi sudga yuborildi

    20.06.2020, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.