• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kitob tumani “qizil” hudud bo‘lishiga qaramay, tumanda transportlar harakati cheklanmagan. Oshxona va kompyuter o‘yinlari markazi ham faoliyat yuritmoqda (foto)

    Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani “qizil” hudud bo‘lishiga qaramasdan tumanda karantin talablariga rioya qilinmayapti. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan shahrisabzliklarning aytishicha, kitobliklarning Shahrisabz shahriga bemalol kirib-chiqishda davom etayotgani shahar aholisini tashvishga solmoqda.

    Kitob tumani va Shahrisabz shahrini ajratib turuvchi beton to‘siq

    Kitob tumani va Shahrisabz shahrini ajratib turuvchi beton to‘siq
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev Kitob tumanida bo‘lib, karantin tartibiga qay darajada amal qilinayotganini kuzatdi.

    Kitob tumani va Shahrisabz shahrini ajratib turuvchi beton to‘siq

    Kitob tumani va Shahrisabz shahrini ajratib turuvchi beton to‘siq
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Avvalo e’tiborimizni tortgan holat shu bo‘ldiki, nafaqat Shahrisabz shahri, balki barcha tuman aholisi ham “qizil” hudud — Kitob tumaniga bemalol kirib chiqmoqda. Boisi karantin posti bo‘m-bo‘sh, na IIB, na Milliy gvardiya xodimlari bor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tuman markazida hayot “qaynayapti”. Hamma ko‘chada. Ajablanarlisi, yo‘lovchi tashuvchi Damas’lar va yo‘nalishsiz taksilar ham faoliyatini davom ettirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kitob tuman hokimligining ma’lumot berishicha, koronavirus xavfi sabab yopilgan tumanda shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanishga ertalabki soat 7:00 dan 10:00 ga qadar, kechki soat 17:00 dan 20:00 ga qadar ruxsat etilgan. Yo‘nalishsiz taksi va jamoat transportlari harakati cheklangan.

    Yo‘lovchi tashiyotgan Damas avtomobili

    Yo‘lovchi tashiyotgan Damas avtomobili
    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan shahrisabzlik Eldor Bobomurodov ham ayni kundagi holatdan tashvishlanayotganini bildirdi.

    “Men va men kabi fuqarolar uchun oilamiz, yaqinlarimiz va farzandlarimizning sog‘lig‘i qadrli. Shuning uchun ham Kitob tumanidagi tartibsizlikni cheklash va tumanni Shahrisabz shahar va tumanidan vaqtincha ajratish kerak. Kitob tumani fuqarolarining Shahrisabz shahar va tumaniga o‘tishini cheklash, shuningdek, shahrisabzliklarni ham vaqtincha Kitobga o‘tkazmay turish lozim”, — deydi Eldor Bobomurodov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biz ko‘rgan holat esa tumandagi vaziyat hokimlik aytayotgan ma’lumotning teskarisi ekanligini ko‘rsatmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tuman tibbiyot birlashmasi yonidagi umumiy ovqatlanish korxonalari — kafe, oshxona, choyxonalar ham xo‘randalarga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, avtomashinalarni yuvish shoxobchalari, yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish, jamoat transporti harakati, savdo majmualari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari, kompyuter o‘yinlari, yaxna ichimlik savdo nuqtalarida ham har doimgidek ish qizg‘in.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Agrobank”ning tuman filiali ro‘parasidagi chorrahada tuman markaziga kirish uchun tashkil etilgan karantin postida avtomobillar kirib-chiqishi to‘xtamayapti, shuningdek, dezinfeksiyalash ishlari ham bajarilmayapti.

    Dezinfeksiyalash ishlari bajarilmayotgan post

    Dezinfeksiyalash ishlari bajarilmayotgan post
    Foto: “Daryo”

    Dezinfeksiya vositasi tugagan bo‘sh idish

    Dezinfeksiya vositasi tugagan bo‘sh idish
    Foto: “Daryo”

    Dezinfeksiya vositasi tugagan bo‘sh idish

    Dezinfeksiya vositasi tugagan bo‘sh idish
    Foto: “Daryo”

    Dezinfeksiyalash ishlariga mas’ul qilib belgilangan xodimning aytishicha, dezinfeksiya vositalari tugab qolgani va o‘z vaqtida yetkazilmagani bois shu holat yuzaga kelgan.

    Dezinfeksiyalash ishlari bajarilmayotgan post

    Dezinfeksiyalash ishlari bajarilmayotgan post
    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat shu tariqa murakkablashib borsa, ba’zi viloyat va shaharlar qayta yopilishi ta’kidlangandi.

    Prezidentning aytishicha, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida vaziyat murakkab bo‘lib turibdi. Toshkent viloyatida 734 holatdan 79 tasi, Navoiy viloyatida 108 ta holatdan 83 tasi, Qashqadaryo viloyatida 51 ta holatdan 48 tasida virus aholi orasida aniqlangan. Shuningdek, Navoiyda 25 ta, Toshkent viloyatida 22 ta, Qashqadaryoda 3 ta holatda virus manbasi hamon noma’lum bo‘lib turibdi.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi
    • Kitob tumanida vafot etgan fuqaroning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagani ma’lum qilindi
    • Qashqadaryoda ikkita dehqon bozori karantin tartibiga rioya qilmagani uchun yopiladi

    19.06.2020, 08:15   Izoh (0)   47210
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda tadbirkordan 2,5 mln so‘m talab qilgan elektr tarmoqlari korxonasi xodimi qo‘lga olindi

    19.06.2020, 07:54

    Qashqadaryoda ikkita dehqon bozori karantin tartibiga rioya qilmagani uchun yopiladi

    19.06.2020, 06:51

    Toshkentda Do‘rmon yo‘li ko‘chasining bir qismi issiqlik magistral quvuridagi ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopiladi

    19.06.2020, 06:14

    Buxorodagi “Jayron” qo‘riqxonasida kuzatuv minorasi, tashrif markazi va muzey tashkil qilinadi. Hududga live-kameralar o‘rnatiladi

    19.06.2020, 01:48

    Toshkent shahar IIBB Yashnobod tumani IIB boshlig‘ining suratlariga niqob chizib qo‘ydi. Bu ish birinchi marta qilinishi emas

    19.06.2020, 00:50

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga maktub yo‘llab, unga koronavirusdan tezroq tuzalishni tiladi

    19.06.2020, 00:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH G‘arbiy Sohildagi falastinliklar cherkoviga hujumni terrorchilik harakati deb atadi

    Dunyo | 20 iyul, 17:10

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.