“Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi Jomboy, Oqdaryo tumanlari hamda Samarqand shahri mahallalarini birlashtiruvchi ko‘prik qurmoqda. O‘tgan ikki oy muddat ichida uzunligi 80 metrni tashkil qiladigan mazkur ko‘prikning 70 foiz ishlari yakunlangan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
Oqdaryo ustida qurilayotgan mazkur ko‘prik 3 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilmoqda.
“Karantin sharoitida ham barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda ko‘prik qurish ishlari olib borilmoqda. Ko‘prik bir oydan so‘ng foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur ko‘prik foydalanishga topshirilsa, uzoq yillardan buyon ushbu hududda yashovchi aholini qiynab kelayotgan muammo bartaraf etiladi”, — deydi “Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi rahbari Murodxon Hojixonov.
Korxona rahbarining ma’lum qilishicha, avval mazkur hududda ko‘prik bo‘lmagan.
Izoh (0)