Germaniya Bundesligasining may oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Nomzodlar ro‘yxatidan “Hoffenhaym” yarim himoyachisi Kristof Baumgartner, “Borussiya D” himoyachisi Ashraf Hakimi, “Bayer” yarim himoyachisi Kay Haverts, “Bavariya” himoyachilari Yozua Kimmix va Benjamin Pavar, hamda “Leypsig” hujumchisi Timo Verner joy olgan.
So‘nggi marta ushbu mukofotga tanaffusdan oldin, fevral oyida “Borussiya D” vingeri Jeydon Sancho loyiq ko‘rilgandi.
30-turdan keyin Myunxenning “Bavariya” klubi 70 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni “Borussiya D” (63 ochko) egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Leypsig” (59) yakunlagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)