O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 8-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 52 nafarga ko‘paydi va kasallik yuqtirib olganlarning umumiy soni 4404 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 29 tasi karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;
  • 18 tasi Toshkent shahrida (jumladan, “O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshlari va qo‘shnilari, “Ravnaq bank”ning Shayxontohur filiali xodimi) aholi orasida;
  • 3 tasi Namangan viloyatida (shundan 2 tasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarida) aholi orasida;
  • 1 tasi Toshkent viloyatida (“O‘rikzor” savdo majmuasi sotuvchisining qarindoshi) aholi orasida;
  • 1 tasi Sirdaryo viloyatida Rossiyadan chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 8-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 21 kishiga ko‘payib, 4352 nafarga yetgandi.

8-iyun davomida koronavirusga chalingan fuqarolardan 3 nafari tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3357 nafarga yetdi.

Kasallikka chalinish bilan bog‘liq yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 1000 nafardan oshib ketdi. Hozirda shifoxonalarda 1030 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.