Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Malayziyada 8 yoshli qizcha qovog‘ari chaqishidan vafot etdi, deb yozadi The Sun.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Qayd etilishicha, qizcha uch yoshli ukasi va boshqa bolalar bilan uy yaqinida o‘ynayotgan edi. Shunda ularga qovog‘arilar hujum qiladi. Qizchaning do‘stlari qochishga ulgurgan, uning o‘zi esa hasharotlarga qarshilik ko‘rsata olmay qolgan. Qovog‘arilar qizchani 65 marta chaqqan.

Qizchaning ukasi yugurib uyga kirgan va onasiga bo‘lgan voqea haqida so‘zlab bergan. Ayol zudlik bilan qizi va o‘g‘lini shifoxonaga olib borgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay qizcha shu kuni tunda vafot etgan.

Qayd etilishicha, qizchaning ichki organlari qovog‘arilar zahri ta’sirida o‘z funksiyasini bajara olmay qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda