Amerikaning Viskonsin shtatida o‘rnatilgan mamlakatning eng katta bayrog‘i chaqmoq urishi oqibatida ikkiga bo‘linib ketdi, deb yozadi Heavy.
Qayd etilishicha, so‘nggi bir necha kundan beri Amerikada noqulay ob-havo kuzatilmoqda.
Kuchli shamol va momaqaldiroq 30 mingta xonadonni chiroqsiz qoldirdi. Jumladan, mamlakatning eng baland bayrog‘i ham chaqmoqdan aziyat chekdi.
The iconic Acuity Insurance flag in Sheboygan - the largest free-flying American flag in the country - has been torn in half after tonight's storms.
— TMJ4 News (@tmj4) June 3, 2020
📷: Avdil Luma pic.twitter.com/89fUWlsF4d
Acuity Insurance deb nomlangan bayroqning o‘lchami 21 ga 42,6 metr, og‘irligi 154 kilogrammni tashkil etadi. Balandligi 30 metrga yaqin bayroq Amerika armiyasida xizmat chog‘ida halok bo‘lgan okrug aholisi xotirasiga Sheboygan sharsharasi yaqiniga o‘rnatilgan.
Izoh (0)