Karantinda nafaqat insonlarga, balki jonivorlarga ham oson bo‘layotgani yo‘q.
Masalan, Kitsiya laqabli mushuk karantindan charchaganlikning yangi ramziga aylandi. Doimo kayfiyatsiz va qovog‘i solingan ushbu mushuk Instagram’da ancha mashhur, uni qariyb 53 ming kishi kuzatadi.
Kitsiya shu qadar urishqoq ko‘rinadiki, u smartfon ekranidan o‘ziga qarayotgan istalgan kishini burdalab tashlashga tayyordek go‘yo.
https://www.instagram.com/p/B7tRsk9lg0d/
https://www.instagram.com/p/CAIlQmZF7Wr/
Biroq uning egasi Viktoriyaning aytishicha, mushuk o‘ynashni yaxshi ko‘radi va atrofdagilarga mehribon.
Aksariyat internet foydalanuvchilari Kitsiyani boshqa badjahl mushuk Grumpy Cat bilan solishtirmoqda. Uning yuzi nasliy kasallik tufayli badjahl tus olgandi. Mushukka kasallik mashhurlik va reklama roliklarida suratga tushish uchun shartnomalar keltirgandi. Biroq o‘tgan yilning may oyida mushuk nobud bo‘ldi.
https://www.instagram.com/p/B8w3RcBhDWv/
Izoh (0)