O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 2020-yil 4-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 35 kishiga ko‘payib, 3909 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi Navoiy viloyatida aniqlangan. Shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar hisoblanadi. Qolgan 8 nafari esa aholi orasida, shu jumladan 6 nafar Navoiy shahrida, 1 nafardan Navbahor va Karmana tumanlarida qayd etilgan.
Ayni paytga qadar mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 3082 nafar fuqaro kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda 811 nafar bemor kasallikdan davolanmoqda. 16 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)