Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Qoratosh ko‘chasining Samarqand Darvoza savdo markazidan to “Eshonguzar” kafesigacha bo‘lgan qismi 3—7-iyun kunlari kechki vaqtda bir tomonlama yopiladi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.
Hokimlik matbuot xizmatining qayd etishicha, mazkur manzilda so‘nggi yillarda ko‘plab nosozlik va avariyalar sodir bo‘lmoqda (aynan shunday avariyalar sabab 2019-yil fevrali, iyuli, sentabrida ta’mirlash ishlari olib borilgan edi).
Qayd etishlaricha, Qoratosh ko‘chasining bir qismi bu safar 2020—2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida, ko‘chadan o‘tgan D-600 millimetrlik ichimlik suvi tarmog‘ida ta’mirlash olib borish maqsadida yopilmoqda.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Izoh (0)