Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonga 3 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Insonparvarlik yordamini Qirg‘iziston elchisi maslahatchisi Guplan Jumaliyev delegatsiyasi olib kelgan. Ularni Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Doniyor Madrimov, viloyat prokurori Ravshan Masharipov hamda viloyat nuroniylari Guliston shahrida kutib olgan.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, insonparvarlik yukida 20 tonna makaron, 20 tonna guruch, 10 tonna o‘simlik yog‘i, 10 tonna shakar, 5 tonna suv, 10 tonna kartoshka olib kelindi.

Avvalroq O‘zbekiston insonparvarlik yordami sifatida Tojikistonga 1000 tonnadan ortiq un yuborgani xabar berilgan edi.