Navoiy viloyati Karmana tumani “Bog‘ishamol” MFYdagi xonadonlardan biriga kirib qolgan ilon qutqaruvchilar tomonidan ushlandi, deb xabar beradi viloyati FVB matbuot xizmati.
Xonadon egasi R.A. ismli fuqaro Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, uyiga ilon kirib olganligini ma’lum qilgan.
Olingan xabar asosida boshqarma Yong‘in qutqaruv otryadi xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, ilonni tutib, xavfni bartaraf etgan.
Ta’kidlanishicha, ilon xavfsiz hududga qo‘yib yuborilgan.
Avvalroq Qashqadaryodagi ko‘p qavatli uylardan biriga kirib qolgan ilon qutqaruvchilar tomonidan ushlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)