Daryo

Video: Qamashida fuqaro IIB xodimiga benzin sepib, uni yoqib yubormoqchi bo’ldi

IIB xodimiga benzin sepib, yoqishga uringan qamashiliklar voqeasiga aloqador fuqarolar ishi sudda 16 mart, dushanba kuni ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosa beriladi

2 daqiqa o‘qish142 242 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari va bir guruh fuqarolar o‘rtasidagi janjal voqeasi tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur voqea Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining To‘qboy qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Holatga munosabat bildirgan Qamashi tuman hokimligi videodagi voqea shu yilning 19-fevral kuni sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Qamashi tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Temirpo‘lat Tillayev “Daryo”ga ma’lum qilishicha, IIB xodimiga benzin sepib, yoqishga uringan qamashiliklar voqeasga aloqador fuqarolar ishi sudda 16 marta ko‘rib chiqilgan va yakuniy xulosa berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bir muddat avval To‘qboy MFY To‘qboy qishlog‘ida yashovchi fuqaro Madina Poyonova tuman hokimligiga tadbirkorlik qilish maqsadida murojaat qilgan. Hokimning 2019-yil 12-iyuldagi qaroriga asosan unga To‘qboy qishlog‘idagi 13-maktab yonidan o‘tuvchi yo‘l yoqasidan yengil tipdagi kitob do‘koni qurish uchun 60 metr/kv yer ajratilgan. Lekin fuqaro o‘zboshimchalik bilan qonuniy berilgan yer maydonidan tashqari 120 metr/kv yerni ham o‘zlashtirib, beton poydevor qurgan.
Noqonuniy qurilgan poydevor maktabning old tomonini to‘sib qo‘yib, ta’lim dargohining tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun ham tuman hokimligi qurilish bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu qonunbuzarlik o‘z vaqtida aniqlanib, fuqaroga uch marta yozma va bir necha bor og‘zaki ogohlantirish berilgan. Lekin ular qonunga amal qilmasdan o‘zlarining noqonuniy faoliyatini davom ettirgan.

Shundan so‘ng, joriy yil 19-fevral kuni o‘zboshimchalik bilan qurilgan poydevor buzib olingan. Yengil tipdagi kitob do‘koni uchun berilgan 60 metr/kv yer maydoni o‘z joyida qolgan.

Buzish jarayonida Madina Poyonova, uning akasi Arslon Poyonov va Sh.To‘rayevlar tuman hokimligi va tuman IIB xodimlariga keskin qarshilik ko‘rsatib, poydevorni buzayotgan traktor oldini to‘sgan. Shu payt Arslon Poyonov singlisining qo‘lidagi 5 litrlik kondentsat yoqilg‘isini tuman IIB xodimi B.Avlayevga sepib, voqea joyidan qochib ketgan.

Ayni kunlarda Arslon Poyonov va fuqarolar Madina Poyonova, Sh.To‘rayevlarga nisbatan huquqbuzarlik holati bo‘yicha tuman ichki ishlar bo‘limining hudud profilaktika noziri tomonidan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilinib, tuman ma’muriy sudiga taqdim etilgan.

Qamashi tuman hokimligi axborot xizmati

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar