• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda xalqaro statistika mexanizmlari joriy qilinadi, tarmoqlararo statistika muvofiqlashtiriladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun, dushanba kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda hududlar va tarmoqlar statistikasini o‘zaro muvofiq shakllantirish, ularni yagona xalqaro statistika tizimi bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.

    Ishsizlikni aniqlashni Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga to‘liq moslashtirib, so‘rov o‘tkazish tartibini takomillashtirish va qamrovni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Sog‘liqni saqlash tizimida kasalliklarni davolash xarajatlari bo‘yicha xalqaro hisob mexanizmi joriy etilishi belgilandi.

    Vazirlar Mahkamasi, Davlat statistika qo‘mitasiga ta’lim, qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo, transport, qurilish, ekologiya, turizm va yana qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat idoralarining statistikani shakllantirish jarayonini audit qilish bo‘yicha ham ko‘rsatma berildi.

    Qayd etilishicha, jahon ma’lumot bazalarida O‘zbekistonning tarmoq indikatorlari to‘liq aks etmagani achinarli hol. Shu munosabat bilan, mutasaddilarga mehnat, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim kabi sohalar bo‘yicha xalqaro bazalarda mamlakat ko‘rsatkichlarini to‘kis aks ettirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Ta’kidlanishicha, yana bir muammo shundaki, statistik kuzatuv ma’lumotlarining yarmi qog‘oz shaklida to‘planmoqda. Ularni tahlil qilishda 20 yil avval joriy etilgan dasturiy ta’minotdan foydalanilmoqda. Soliq va statistika idoralari o‘rtasida avtomatlashgan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali inflyatsiyani hisoblash xarajatlarini keskin qisqartirish mumkin.

    Shundan kelib chiqib, tarmoqning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda dasturiy ta’minotni yangilash, soliq, mehnat, moliya sohalarida statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashning integratsiyalashgan tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

    Bugungi kunda Markaziy bank, Moliya vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning sohadagi faoliyati muvofiqlashtirilmaydi. Aslida esa statistik ko‘rsatkichlarning 40 foizi ushbu idoralar tomonidan shakllantiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois bu boradagi qonunni va 17 yil avval tashkil etilgan Statistika kengashi faoliyatini takomillashtirish, xalqaro talablar asosida mustaqil statistika tizimini yaratish zarurligi ta’kidlandi.

    Ta’kidlanishicha, mustaqillik yillarida mamlakatda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi farmonida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan edi. 2020-yil 16-martda “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

    Davlat rahbari aholini ro‘yxatga olish statistikani shakllantirishda asosiy manba ekani, bunga hozirdan puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

    Statistika qo‘mitasida maxsus bo‘linma tashkil etib, xorijlik ekspertlarni jalb qilish, qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish instituti faoliyatini takomillashtirib, aholini ro‘yxatga olishda qatnashadigan barcha mutaxassislarni o‘qitish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. So‘nggi 5 yilda 318 nafar bakalavr va 33 nafar magistr tayyorlangan bo‘lib, statistika idoralarida ularning 10 foizi ishlamoqda. Tizimdagi xodimlarning 2 foizigina statistika bo‘yicha oliy ma’lumotga ega. Shuningdek, 30 yil davomida atigi 1 nafar fan doktori, 11 nafar fan nomzodi ilmiy ish yoqlagan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va statistika fanini rivojlantirish, sohada mehnatga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan Statistika tizimini rivojlantirish strategiyasi taqdimoti o‘tkazildi. Davlat rahbari uni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    01.06.2020, 22:35   Izoh (0)   38694
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zagrohimoya”: O‘zbekistonga “chigirtka balosi” xavf solayotgani yo‘q

    01.06.2020, 22:10

    Andijonda o‘qituvchilarga imtiyozli kreditga beriladigan namunaviy uy olib berish evaziga 3 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

    01.06.2020, 21:44

    Toshkent viloyatida karantin boshidan buyon 15560 ta avtotransport jarima maydoniga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi

    01.06.2020, 21:20

    O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya necha foizni tashkil etgani ma’lum qilindi

    01.06.2020, 20:56

    Farg‘onada bolalar va o‘smirlar sport maktabini ta’mirlashda 150 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

    01.06.2020, 20:43

    Qashqadaryoda IIB xodimi tungi reyd vaqtida fuqaroni tepdi (video)

    01.06.2020, 20:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.