• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yangiliklar qanday qilib dunyo haqidagi tasavvurlarimizni buzib, sog‘lig‘imizga putur yetkazmoqda?

    Yangiliklarni qanchalik ko‘p ko‘rsangiz va o‘qisangiz, dunyo haqida noto‘g‘ri tasavvurda bo‘lishingiz ehtimoli shunchalik yuqori. Ishonqiramay turibsiz, shunday emasmi? Zariya Gorvett BBC Future’ga yozgan maqolasida buni bir boshdan tushuntirishga harakat qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    ...Fojia yuz berishidan oldin Elison Holmen amerikaliklarning ruhiy sog‘ligi bilan bog‘liq juda ham oddiy tadqiqot ustida ish olib borayotgandi. 2013-yilning 15-aprelida esa yuzlab yugurish sporti ustalari har yili o‘tkaziladigan Boston marafoni lentasini birin-ketin kesib o‘tayotganda 10 soniya oraliq vaqt ikkita qo‘lbola bomba portlatildi.

    Uch kishi, jumladan 8 yoshli bola ham nobud bo‘ldi. Yuzlab odamlar jarohatlandi. 16 kishi qo‘l-oyoqsiz qoldi.

    Dunyo motam tutardi. OAV esa bu vaqtda etni junjiktiradigan darajadagi tafsilotlar bilan sodir bo‘lgan voqeani yoritish bilan band edi. Va bu taxlit axborot berish bir-ikki kun emas, hatto bir oy ham emas, sud yig‘ilishlarini hisoblaganda — yillab davom etdi.

    Portlash, tutun, voqea joyidagilarning sarosimaga tushishi va dahshatini tasvirlovchi kadrlar televideniye orqali ko‘p marotaba uzatib borildi. Gazetalar esa qo‘rqinchli — qonga bo‘yalgan piyodalar yo‘lkalari, yirtilgan kiyimlardagi jabrlanganlarning fotosuratlarni chop etardi.

    Tasodifga ko‘ra, Holmen Kaliforniya universitetidagi hamkasblari bilan aynan o‘sha voqea oldidan 5 mingga yaqin amerikalikning ruhiy salomatligi haqida ma’lumotlarni to‘plab bo‘lgandi. Bir necha hafta o‘tib, olimlar so‘rovda qatnashganlarning Boston fojiasidan so‘ng holati qanday o‘zgarganini ko‘rishga qaror qilishdi.

    Terrorchilik sodir etilgan joyda bo‘lgan yoki undan jabr ko‘rganlarning ruhiy holati, yumshoq qilib aytganda yaxshilanmaganini payqash qiyin emas. Tadqiqot ishtirokchilarining orasida portlash joyida bo‘lganlar ham bor edi. Lekin keyingi yangilik sizni hayratda qoldirishi tabiiy: fojia joyida bo‘lmagan, ammo bu mavzudagi yangiliklarni kuniga olti soat va undan ko‘proq tomosha qilgan odamlarning ruhiyatiga undan ham kuchliroq shikast yetgan.

    “Bu natijalar ko‘zimizni ochdi, — deydi Holmen. — Fikrimcha, odamlar yangiliklarning ta’siriga yetarlicha baho berishmaydi”.

    Aftidan, yangiliklar bu faqatgina sodir bo‘lgan voqea va jurnalistlar tomonidan topilgan faktlarning beozor jamlanmasi emas. Yangiliklar ongostimizga o‘rmalab kiradi va hayotimizga kutilmagan yo‘sinda ta’sir etadi. Ular immigrantlarga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirishi, tushlarimizga kirishi, u yoki bu kasallikning real xavfini ko‘rishga xalal berishi, boshqa mamlakatda yuz berayotgan voqeaga nisbatan munosabatimizni shakllantirishi mumkin...

    Va hatto butun bir davlatning iqtisodiy holatiga ta’sir etish ehtimoli ham yo‘q emas. Yangiliklar iste’moli oqibatida yurak xuruji yoki turli kasalliklarning avj olish xavfi tobora o‘z tasdig‘ini topmoqda. Eng asosiysi — buning uchun kuniga bir necha yangilik bilan tanishish kifoya.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    ...Xitoydan yangi va sirli koronavirus haqidagi xabarlar kela boshlagan ondanoq axborot teledasturlari reytingi, ularning tomoshabinlari soni ortib ketdi va rekord raqamlarga yetdi.

    Bu tushunarli xam: millionlab odamlar hukumat brifinglari, kasallik yuqtirgan va halok bo‘lganlar haqidagi doimiy yangilanib boruvchi ma’lumotlar, karantin vaqtida o‘zini tutish qoidalariga oid e’lonlarni diqqat bilan kuzatishardi.

    Biroq ko‘chada 2020-yil va teleyangiliklar biz uchun yagona va hatto asosiy axborot manbai emas.

    Podkastlar, striming xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar — barchasi sizga kuniga ko‘plab marotaba yangi xabarlarni taqdim etishga tayyor. Do‘stlaringiz ham o‘zlariga yoqqan, yoki ularni hayratga solgan materiallarga havolalar yuborib turishadi.

    Mana shu yangiliklardan tayyorlangan “sho‘rva”da qaynagach, kechqurun ancha vaqtgacha tinchlanolmay, ko‘zlaringiz yumilmasligi tabiiy.

    2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha amerikalik televizor, kompyuter yoki smartfon qarshisida kuniga 11 soat vaqt o‘tkazishi ma’lum bo‘lgan. Bu pandemiya bizni uyda o‘tirishga majbur qilishidan ancha oldingi ma’lumot ekaniga e’tibor bering.

    Biz shunday dasturlashtirilganmiz

    Yangiliklarning bizga kuchli ta’sir ko‘rsatishining yana bir ehtimoliy sabablaridan biri bu bizdagi salbiy axborotlarga moyillik bo‘lishi mumkin: ruhshunoslar aytishicha, biz atrofimizdagi yomon hodisalarga ko‘proq e’tibor beramiz. Bu moyillik bizni xavf-hatardan himoyalash uchun shakllangan ekan. Shuning uchun ham insonning kamchiliklari fazilatlaridan ko‘ra tezroq ko‘zga tashlanadi, yo‘qotishlar bizga qo‘lga kiritganlarimizdan ko‘ra kuchliroq ta’sir etadi, qo‘rquv bizga yangi istiqbollardan ko‘ra kuchliroq motivatsiya beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hukumatlar u yoki bu siyosatni ishlab chiqishda, darra urish yoki shirinlik bilan siylashning qay birini tanlash haqida qaror qabul qilishda mana shu ruhiy o‘ziga xoslikka tayanadi. Insoniyatning negativga moyilligi, ehtimol, yangiliklarning juda kam holatda yoqimli bo‘lishini ham izohlaydi.

    2014-yilning bir kunida Rossiyaning “Gorodskoy reporter” sayti tajriba o‘tkazishga qaror qiladi va yomon xabarlarni e’tiborsiz qoldirib, kun davomida faqat yaxshi xabarlar berib boradi.

    O‘sha kuni o‘quvchilar auditoriyasi keskin kamayib ketadi — yaxshi yangiliklar hech kimga qiziq emas. Bir vaqtlar mashhur fantast yozuvchi Artur Klark ta’kidlaganidek, “Utopiya gazetalari dahshatli darajada zerikarli edi”.

    Xalqaro turizmni olaylik. Turgan gapki, siyosiy beqarorlik, urush hukm surayotgan yoki terrorchilik qurboniga aylanish xavfi yuqori bo‘lgan davlatlarga odamlarning juda borgisi kelavermaydi.

    Ba’zi hollarda yangiliklar hukumat tavsiyalarini e’lon qilish orqali bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri maslahat manbaiga aylanadi, xuddi masalan global pandemiya vaqtidagi singari. Lekin hatto biror joyga bormaslik haqida rasmiy tavsiyalar bo‘lmagan (va bormaslikka ratsional sabab ham yo‘q bo‘lgan) holatda ham yangiliklar ongostimizga ta’sir etishi va dunyo hamda voqealarga nisbatan xato fikrlarga og‘dirishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bunga freyming effekti deb ataluvchi fakt yoki voqea kontekstini ajratib olish usuli sabab bo‘lishi mumkin.

    Masalan, “95 foiz holatda samarali dori” degan gap “5 foiz holatda samara bermaydigan dori” degan gapga qaraganda ijobiyroq munosabat uyg‘otadi, vaholanki har ikki jumlada so‘z aynan bir dori vositasi haqida bormoqda. Biz har doim ham ratsional fikrlamaymiz va bu ancha oldin isbotlangan.

    Biror terakt haqida “hodisa ‘Al-Qoida’ va unga aloqador radikal kayfiyatdagi guruhlar tomonidan sodir etilgan” deb yozish mumkin va bu “mahalliy ayirmachilar guruhi”dan ko‘ra xavotirliroq jaranglaydi, aslida esa gap bir narsa haqida bormoqda. Ba’zan bu kabi qiyin payqaladigan omillar hayot-mamot masalasini hal qilishi mumkin.

    2014-yilgi tadqiqotlardan birida aniqlanishicha, odamlar OAV orqali kengroq yoritiladigan onkologik kasallik turlari (masalan, miya o‘simtalari)ni asliga qaraganda ko‘proq tarqalgan deb hisoblaydi. Va aksincha, kamroq tilga olinadiganlari (masalan, erkaklarning reproduktiv a’zolaridagi saraton kasalliklari) kamroq uchraydi, deb o‘ylaydi.

    U yoki bu onkologik kasallik turining xavflilik darajasi haqidagi jamoatchilikda shakllangan xato fikr sabab saratonning xavfliroq ko‘rinishi hukumat tomonidan yetarlicha moliyalashtirilmay qolishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shu bilan birga, yangiliklar tushlarimizga ham kirishini isbotlovchi dalillar tobora ko‘paymoqda. Aytishlaricha, karantin vaqtida ko‘p vaqtini uyda o‘tkazishga majbur odamlar g‘ayritabiiy darajada jonli va hatto qo‘rqinchli tushlar ko‘ra boshlagan.

    Buning izohlaridan biri — bu tasavvurimizning karantin vaziyatidan chiqish yo‘llarini izlashi hosilasidir. Yana bir ehtimolga ko‘ra, bu pandemiyaning yangiliklarda qanday aks ettirilishiga bog‘liq jarayon.

    AQShdagi 11-sentabr hujumlaridan keyin ham odamlar qo‘rqinchli tushlar ko‘rganini eslaylik. Bu tushlar hamda odamlarning televizion yangiliklarni qanchalik ko‘p kuzatishi o‘rtasida bog‘liqlik aniq belgilangan edi.

    “Radio yoki sodir bo‘lgan voqeani do‘stlar bilan suhbatlarda muhokama etish bilan bog‘liq holatlarda bunaqasi kuzatilmagan. Nazarimda, bunga insonlarning halok bo‘lishi tasvirlangan kadrlar sabab — ular ruhiyatga zarba bergan”, — deydi AQShning Montkler Universiteti psixologi, tadqiqotga rahbarlik qilgan Rut Propper.

    Yangiliklar haqiqiy hayotdan ko‘ra zararliroq

    Aslida ham, fantast-yozuvchi Robert Xaynlayn iborasi bilan aytganda, sizga notanish yetti milliard odamning g‘am-anduhlariga g‘arq bo‘lish ruhiyatingiz uchun u qadar foydali emas.

    Xuddi dushmanni o‘qqa tutgandek koronavirus haqidagi sarlavhalar tinimsiz yog‘dirilgan bir necha oydan so‘ng yaqinlashib kelayotgan koronavirus sarosimasi inqirozining belgilari paydo bo‘lmoqda.

    Butun dunyo bo‘ylab odamlarga ruhiyat bilan bog‘liq muammolarda ko‘mak beruvchi xayriya tashkilotlari o‘z xizmatlariga bo‘lgan talab keskin oshganini qayd etmoqda.Ko‘pchilik o‘zini yangiliklar oqimidan himoyalash uchun shunchaki bir muddatga ijtimoiy tarmoqlardan voz kechmoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ko‘plab inqirozlar oqibatlarini o‘rganish natijasida bir narsa isbotlangan: inson qancha ko‘p yangilik iste’mol qilsa, unda tushkunlik, xavotir va qo‘rquv asoratlari shuncha chuqurroq ildiz otadi.

    Yangiliklarning ruhiyatimizga qanday ta’sir qilishi qisman jumboqligicha qolmoqda, negaki ko‘p hollarda ular bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Ta’sir qilganda esa (Boston marafonidagi kabi holatlar yuzasidan olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha) voqealarning OAVdagi talqini ruhiyatimiz uchun asl voqelikdan ko‘ra zararliroq bo‘lishi mumkin.

    Irvayndagi Kaliforniya universiteti psixologi Rebekka Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, “agar hayotingizga chindan ham biror narsa xavf solayotganidan xavotirga tushsangiz, shubhasiz bu haqda ko‘proq bilishga intilasiz va voqealar qay yo‘sinda rivojlanayotganidan xabardor bo‘lishni istaysiz”, bu esa bizni haddan ziyod yangiliklar to‘lqini asiriga aylantiradi.

    Tompsonning ta’kidlashicha, aksar hollarda voqealar bo‘rttirilgan shov-shuvlilik ruhida yoritiladi: gap bo‘ron haqida borsa, teleekranda muxbirlarni go‘yo shamol uchirib yuborayotgandek bo‘ladi yoki tizza bo‘yi suv ichida turishadi — ya’ni urg‘u voqealarning salbiy rivojiga qaratiladi.

    Aslida bunday reportajlar bizni nafaqat muayyan voqeaga, balki puldan tortib sevgi munosabatlarigacha hayotimizdagi qolgan barcha hodisalarga nisbatan fojiaviy munosabatda bo‘lishga undaydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2012-yil tadqiqotida aniqlanishicha, salbiy axborotlar oqimini qabul qilgan ayollar (negadir erkaklar emas) boshqa hayotiy vaziyatlarda ham kuchli stressni boshdan kechirgan va bu o‘z navbatida ular organizmida kortizol-stress gormoni darajasining o‘ynashiga sabab bo‘lgan.

    “Erkaklarda bu gormon ko‘rsatkichi odatda shundoq ham yuqori bo‘ladi va katta ehtimollar bilan yana oshishi shunchaki ilojsiz edi”, — deydi tadqiqot muallifi, Kvebek universiteti psixologi Mari-Frans Marin.

    Biroq ayollar salbiy narsalarni yaxshiroq eslab qolishadi va shuning uchun ularga negativ axborotlar chindan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Holmen hamkasblari bilan birga 11-sentabr voqealarining psixologik oqibatlarini o‘rganayotganida o‘sha mudhish hodisa yuz bergan kunlarda yurak urishi tezlashgani haqida xabar berganlarning aksariyati, bungacha ularning salomatligi ko‘ngildagidek bo‘lgan ersa-da, kelgusi uch yil davomida yurak-qon tomir muammolari bilan 53 foizga yuqori ehtimollikda to‘qnash kelganini aniqlagan edi.

    Nisbatan yangi tadqiqotlarning birida olimlar yangiliklar haqiqatan ham keyinchalik inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi-yo‘qmi, degan savolgga javob izlab ko‘rdi. Aniqlanishicha, 2001-yil 11-sentabrdagidek voqealar haqidagi yangiliklarni kuniga kamida to‘rt soat kuzatish katta ehtimol bilan kelgusi yillarda inson salomatligida muammolar keltirib chiqaradi.

    “O‘sha tadqiqotning e’tiborga molik jihati shundaki, ishtirokchilarning aksariyati teraktlar haqidagi axborotni bevosita OAVdan olgan. Shunga qaramay, bu ularning salomatligiga shunday uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatgan. Bunda o‘z ta’sirini ko‘rsatgan yana boshqa bir omil ham borligini taxmin qilyapman, lekin uning aynan nima ekanligini hali to‘la anglab yetganimizcha yo‘q”, — dedi Holmen.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Lekin nima uchun bizga notanish va minglab kilometr masofa naridagi odamlar bilan sodir bo‘lgan voqealardan bunchalik ta’sirlanamiz? Holmenning bu borada bir nechta taxmini bor va ulardan biri shunday — hammasiga teleyangiliklarning yorqin tasviri aybdor. Ba’zan esa televizor fon sifatida ishlashi mumkin — masalan, sport zalida.

    Holmen muxbir sodir bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berayotganida bir xil kadrlar qayta-qayta uzatilganini eslaydi. “Ushbu tasvirlar miyangizga singadi va takrorlanaveradi, takrorlanaveradi, takrorlanaveradi... va biz syujeti o‘ylab topilgan qandaydir dahshatli film emas, balki real hayotni ko‘rib turan bo‘lamiz! O‘ylashimcha, yangiliklarni mana shunday takrorlash ruhiyatimizga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi”, — deydi u.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, yangiliklarning yoritilishi hech qachon shunchaki voqealar haqidagi xabarlar ketma-ketligi bo‘lmagan. Bu bizning qimmatli vaqtimiz uchun ommaviy axborot vositalarining bir-biri bilan o‘ynayotgan o‘ziga xos poyga usulidir.

    26.05.2020, 14:37   Izoh (0)   35546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganish uchun Xitoyga missiya yuboradi

    26.05.2020, 13:36

    Chukotkada harbiy vertolyotning qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu bir hafta ichida ikkinchi “Mi-8” bilan bog‘liq fojia

    26.05.2020, 12:50

    Koronavirusga qarshi qat’iy cheklovlar joriy etishdan voz kechgan Shvetsiya jiddiy iqtisodiy qiyinchilikka duch keldi

    26.05.2020, 12:04

    Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 11 ming kishidan oshdi, Qozog‘istonda esa 9 ming kishiga yaqinlashdi

    26.05.2020, 11:34

    Xitoyda bir sutkada 7 kishi, Janubiy Koreyada esa 19 kishida koronavirus qayd etildi

    26.05.2020, 10:45

    Uxanda COVID-19’ning 189 ta belgisiz tashuvchilari aniqlandi

    26.05.2020, 09:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

    Sport | 12 may, 17:16

    Olimlar koinot tugashiga qancha qolganini hisoblab chiqdi

    Dunyo | 12 may, 17:15

    Maxachkala—Toshkent bo‘yicha parvozlar bir oy davomida kechikishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 may, 17:00

    Qatar elchixonasi Trampga “uchar saroy” sovg‘a qilinishiga munosabat bildirdi

    Dunyo | 12 may, 16:50

    Kredit va qarzlar aslida ruhiyatingizga qanday taʼsir qiladi?

    Layfstayl | 12 may, 16:40

    BAAda “sun’iy intellekt” fani joriy etiladi

    Dunyo | 12 may, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.