Chukotkada “Mi-8” harbiy transport vertolyotining falokatga uchrashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot 26-may kuni tongda Mudofaa vazirligiga qarashli Anadir xalqaro aeroporti hududida joylashgan “Ugolniye kopi” aerodromida o‘quv mashg‘ulotini bajarish vaqtida avariyaga uchragan.
Harbiy idoraning ma’lum qilishicha, falokatga vertolyotning texnik nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Bu Rossiyada so‘nggi yetti kun ichida ikkinchi “Mi-8” vertolyotining falokatga uchrashi hisoblanadi. 19-may kuni Moskva viloyatida mashg‘ulot o‘tkazayotgan harbiylar vertolyoti qulab tushgan va uch kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)