May oyidagi kuchli yog‘ingarchilik sabab Samarqand shahridagi yahudiylar qabristonini o‘ragan 30 metrli devor qulab tushdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu devor 2018—2019-yillarda qurilgan bo‘lib, qabriston chetidagi qabrlarning yog‘ingarchilikda ko‘chmasligiga xizmat qilishi belgilangan edi. Ushbu devor qurilishiga Obodonlashtirish boshqarmasi va Madaniyat vazirligining maxsus hisob raqamlaridan 742 million so‘m mablag‘ sarflangan.
Mazkur devorni barpo etishga uchta — Toshkent shahridan “Asr tezkor ta’mir”, Urgut tumanidan “Binokor quruvchi” va yana bir buxorolik quruvchilar jamoasi jalb etilgan. Mazkur devor qisqa muddat ichida ikkinchi marotaba qulamoqda.
Devorning qulab tushishi bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)