O‘zbekistonda 26-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 46 kishiga ko‘payib, 3261 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining barchasi xorijdan kelgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 44 nafari Rossiyadan (Qozog‘iston orqali) kirib kelgan va karantinga olingan.
Qolgan ikki nafari chegara post orqali Rossiyadan kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari bo‘lib, biri Sirdaryo, ikkinchisi esa Toshkent viloyatiga kirib kelgan.
O‘zbekistonda hozirgacha koronavirus infeksiyasiga chalingan 2607 fuqaro butunlay sog‘aygan. Ayni vaqtda 641 bemor davolanmoqda. Ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 13 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)