Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayohat ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur ko‘cha 26-maydan boshlab bir oyga yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
“26-maydan Mirzo Ulug‘bek tumani Sayohat ko‘chasida joylashgan yer osti kommunikatsiya tizimlarini ta’mirlash va yangidan asfaltlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘l avtomobillar harakati uchun bir oy muddatga yopildi”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Haydovchilardan mazkur muddat davomida aylanma yo‘llardan foydalanish so‘raladi.
Avvalroq Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli ko‘chasi kesishmasidagi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich rasman ochilgan edi.
Izoh (0)