O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish ishlari 25—26-may kunlari to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirish yuzasidan talabnoma shakllantirish hamda tayyor xorijga chiqish biometrik pasportlarini egalariga taqdim etish ishlari 25—26-may kunlari vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Mazkur ishlarning to‘xtatilishiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)