O‘zbekiston Prezidentining “Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi.
Unga ko‘ra, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
- yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun BHMning 30 baravarigacha;
- sug‘orish vositalari xarid qilish uchun BHMning 10 baravarigacha;
- urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun BHMning 3 baravarigacha;
Izoh (0)