Toshkent viloyati quruvchi-ustalari Sardobadagi falokatdan ziyon ko‘rganlarga beminnat yordam ko‘rsatish yo‘lida fuqarolar uchun uy-joylar qurish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sentabr oyiga qadar viloyatning 7 ta pudratchi tashkiloti tomonidan 120 ta uy sirdaryoliklarga topshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish ishlariga 1400 dan ziyod quruvchi-usta hamda qurilish texnikalari safarbar etilgan. Ayni paytda ko‘chalar va xonadonlarni toshqin quyqalaridan tozalash ishlari olib borilmoqda.
“Toshkent viloyatimizga ajratilgan joyni yevropacha uslubda qurmoqchimiz, bu yerda yevropacha hayot qilib, obodonlashtirishni rivojlantirmoqchimiz. Qurib ketgan uylarimizni 10-20 yil eslashlari kerak. Shunday qilaylikki, suviga, elektr energiyasi, kanalizatsiyasi, gaziga qadar e’tibor qaratib, ajoyib holatga keltirishimiz kerak”, — deydi “Akmal yosh kuch” MChJ rahbari Akbar Anvarov.
Izoh (0)