“Yuventus” klubi sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero Los-Anjelesda shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqida u o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Turli mish-mishlarni oldini olish maqsadida sobiq futbolchi koronavirus sabab emas, buyragidagi tosh tufayli kasalxonada ekanini ma’lum qilgan.
“Shu qadar kichik, 3 millimetrli matoh bu qadar muammo keltirishiga hali ham ishona olmayapman”, — deya yozadi del Pyero.
https://www.instagram.com/p/CATSo5ZK_ST/
Del Pyero 1993—2012-yillar mobaynida “Yuventus” safida to‘p surgan. U turinliklar bilan Italiya chempionati (1994/1995, 1996/1997, 1997/1998, 2001/2002, 2002/2003, 2011/2012-yilgi mavsumlarda), Italiya Kubogi (1994/1995) va mamlakat Superkubogi (1995/1996, 1996/1997, 2001/2002, 2002/2003), shuningdek, Yevropa Chempionlar Ligasi (1995/1996) sovriniga ega chiqqan.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)